Telegram-bot Virtual qabulxona

05.07.2024

Iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi

Tabiiy gazdan foydalanish chogʼida isteʼmolchilardan talab etiladigani toʼlovlarni vaqtida, kechiktirmasdan toʼlab borish sanaladi. Аmmo Hududgaz idoralari tomonidan ham yoʼl qoʼyiladigan texnik xatoliklar va asossiz qarzdorlik hisoblash holatlari ham kuzatilishi mumkin.

Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro R.А. ham tabiiy gaz isteʼmoli uchun toʼlovlarni vaqtida uzluksiz toʼlab kelgan. Аmmo Hududgaz xodimlari tomonidan unga nisbatan 10 000 m3 tabiiy gaz isteʼmoli uchun qarzdorlik xati yuborilgan. Toʼlov cheklarini taqdim etishiga qaramasdan, holat ijobiy tomonga oʼzgarmagan. Bundan norozi boʼlgan isteʼmolchi Buxoro tuman IHHQJ ga murojaat qilgan.

Buxoro tuman jamiyati raisi F.Boʼronov shaxsan arizani oʼrganish mobaynida isteʼmolchi nomiga ikkita abonent raqam ochilganligini, buning natijasida esa, noreal qarzdorlik yuzaga kelganini aniqladi. Masʼullarga bu boʼyicha tavsiyaviy xat yuborilgach, noreal qarzdorlik bartaraf etilib, texnik xatolik bartaraf etildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00