Telegram-bot Virtual qabulxona

04.09.2023

Mebel uchun to'langan 5 yarim million so'm iste'molchiga qaytarildi

Lotinchada "suriladigan, oson qo‘zg‘aladigan" ma’nosini anglatuvchi, ilk misr xalqlari orasida urfga kirgan mebellar bugun turmushimizda zarur vositalardan biriga aylanib ulgurgan. Turli materiallardan tayyorlanadigan mebel mahsulotlarining bugungi kunda istalgan dizayn, rang va o‘lchamdagisi uchun buyurtma berish mumkin.

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro O.F. ham oilaviy ehtiyoji uchun Kogon tumanida faoliyat ko‘rsatadigan mebel savdo do‘koniga 5 500 000 so‘mlik mebel buyurtma qilib, oldindan to‘lovni amalga oshirgan. Ammo buyurtma yetkazib berilgach, aytilgan o‘lchamda emasligi ma'lum bo'lgan. Tabiiyki, tadbirkor va iste’molchi o‘rtasida tushunmovchilik kelib chiqqan.

Iste’molchi Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali murojaat qilgach, Kogon tuman jamiyati xodimlari holatni o‘rganishdi. Natijada, mebel to‘plami haqiqatan ham buyurtma qilingan o'lchamda emasligi aniqlanib, iste’molchi murojaati qanoatlantirildi. Ya’ni, mebel to‘plami uchun oldindan to‘langan 5 500 000 so'm iste’molchiga to‘liq qaytarib olib berildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00