Telegram-bot Virtual qabulxona

03.05.2023

Singan mebel puli iste'molchiga qaytarildi

Xorazm viloyati Xiva tumani "Parisha" mahallasida yashovchi J.O. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yoʻllagan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro Xiva shahridagi mebel do'konidan 8 million so'mga oshxona mebeli sotib olgan, ammo ishchilar ehtiyotsizligi oqibatida mebelning turli qismlari singan.

Murojaat jamiyat mutaxassis xodimlari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va u to'lagan 8 000 000 soʻm pul mablag'i qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00