Telegram-bot Virtual qabulxona

12.03.2025

6 million so'mlik nosoz kir yuvish mashinasi sifatlisiga almashtirildi

Ro‘zg‘orda asosan ayollarning vazifalarini osonlashtirgan kir yuvish mashinalari turmushimizning ajralmas maishiy texnika vositalaridan biriga aylanib ulgurgan. Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste’molchilarga taklif etilayotgan ushbu tovarlarning barchasini ham sifatli deyish mushkul. 

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.N. Kogon shahrida joylashgan maishiy texnika vositalari savdo do‘konidan 6 000 000 so‘m evaziga “Samsung” kir yuvish mashinasini xarid qilgan. Ammo xarid kunidan 3 kun o‘tmasdan, tovarda turli nosozliklar aniqlangan. Savdo xodimlari bilan murosaga kela olmagach, amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga og‘zaki murojaat qoldirgan.

Kogon shahar jamiyati xodimlarining murojaatni qonuniy o‘rganishi hamda tadbirkorga zaruriy tushuntirishlar berilishi natijasida, nosoz kir yuvish mashinasi yangisi va soziga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00