
14.06.2024
Namangan viloyati Chortoq tumani "Zafarobod" MFYda yashovchi fuqaro M.D. Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan "My teacher" o'quv markazi bilan onlayn o'qish uchun shartnoma tuzgan. Ammo ma'lum bir sabablarga ko'ra, shartnomani bekor qilmoqchi bo'lgan, lekin "My teacher" o'quv markazi tomonidan rad javobi olgan. Shu sababli, fuqaro federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali Toshkent shahar hududiy birlashmasiga murojaat yoʻllagan.
Murojaat tegishliligi bo'yicha Yunusobod tuman jamiyati tomonidan o'rganildi. O'rganishlar natijasida, fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, sarflangan 2 500 000 so'm miqdordagi mablag' iste'molchiga olib berilishiga erishildi.