
10.11.2023
Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Kengash yigʼilishida Namangan viloyatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, aholining isteʼmol madaniyatini oshirish va sohada jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish borasida 2023-yilning oʼtgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy koʼrib chiqildi.
Xususan, viloyatda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga isteʼmolchilar tomonidan 1009 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 342 tasi yozma, 578 tasi ogʼzaki, 89 tasi elektron shaklda boʼlib, barcha arizalar tegishli tartibda oʼrganib chiqilgan.
Hisobot davrida hududiy birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan murojaatlar sohalar kesimida koʼrib chiqilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 8 615 807 402 (sakkiz milliard olti yuz o`n besh million sakkiz yuz yettiming to`rt yuz ikki ming) soʼm moddiy va maʼnaviy zararlar qayta hisob-kitob qilinishi va undirib berilishi taʼminlangan.
Shuningdek, joriy yil davomida 10 ta murojaat yuzasidan isteʼmolchilarga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilib, isteʼmolchilar manfaatlariga yetkazilgan 358 282 183 soʼm zararlar sud orqali undirilgan.
Yig'ilish davomida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda loyihalar, kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tinglandi.