Telegram-bot Virtual qabulxona

10.02.2023

Gazsizlikka, suvsizlikka chidash mumkin, adolatsizlikka-chi?

Jizzax viloyat Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari birlashmasiga Zomin tumani "Birlik" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N. dan murojaat kelib tushdi.

Keltirilishicha, M.N.ning suv hisoblagich abonent raqami bazaga kiritilmagan va natijada 2 100 000 (ikki million yuz ming) soʻm miqdoridagi noreal qarzdorlik vujudga kelgan.

Birlashmaning Zomin tumani jamiyati tomonidan murojaat oʻrganilib, "Jizzax suv taʼminoti" MChJ filiali va M.N.ga tegishli hujjatlar solishtirib koʻrildi. Maʼlum boʻldiki, murojaatchining xonadoniga suv hisoblagich uskunasi oʻrnatilgan, ammo tegishli tartibda hujjatlar taqdim qilinmagach, bazaga kiritilmay qolib ketgan.

Qayta hisob-kitoblardan soʻng, fuqaroning abonent raqami ochilib, isteʼmolchilar bazasiga kiritildi hamda 2 100 000 soʻm miqdoridagi noreal qarzdorlik bartaraf etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00