
14.09.2023
Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro A.U. tomonidan ariza kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro 1-mart kunida 2 yillik muddatli to‘lov asosida hamda 6-avgust kuni 1 yillik muddatli to‘lov asosida Zarafshon shahrida joylashgan “Idea” savdo do‘koni bilan “Anor bank”orqali shartnoma tuzgan. Birinchi shartnoma bo‘yicha 410 ming so‘m, ikkinchi shartnoma asosida esa 135 ming so‘m to‘lov grafigi chiqarilgan va har oyda umumiy hisobda 545 ming so‘m to‘lov amalga oshirilishi belgilangan. Ammo “Anor bank”ning Zarafshon filiali orqali unga qo'shimcha tarzda 410 000 so‘m to‘lov asossiz ravishda yechib olingan.
Murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda “Anor bank” filiali xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, fuqarodan yechib olingan 410 000 so‘m to‘lov jadvalidan olib tashlandi hamda ushbu jadval qayta tuzib berildi.