
13.10.2023
Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi fuqaro Sh.O‘. murojaat qilib, o‘zlari yashab turgan uyning yerto‘lasidagi muammo yuzasidan e'tirozlarini bildirib, muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.
Murojaat joyiga borib o‘rganilganda, ushbu xonadonlarga "Euro kommunal invest" MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi qayd qilinib, fuqaro murojaatidagi kanalizatsiya quvuridan suv sizib chiqishi ortidan atrofga badbo‘y hid taralayotgani, bu aholiga noqulaylik tug‘dirishi barobarida, turli hashoratlarni ko‘payishiga ham sabab bo‘layotgani borasidagi vajlar o'z isbotini topdi.
O‘rganish ishlari davomida boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan kanalizatsiya quvurining ulangan qismidan suv sizib chiqishi holati va ushbu holat ortidan kelib chiquvchi salbiy oqibatlar bartaraf qilinib, aholining bu boradagi o‘rinli talablari qanoatlantirilishiga erishildi.