
10.09.2021
Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi fuqaro O.Yormatov Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilib, Olot tuman markazidagi “Best-Moto” oilaviy korxonasiga tegishli texnika doʻkonidan 30 000 000 soʻmga uch gʻildirakli Muravey mototsikl xarid qilganini, ammo xariq qilgan mototsikli sifatsiz chiqqanidan va tadbirkorga qilgan murojaati etiborsiz qolganidan noroziligini bildirgan. Murojaat Olot jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganilib, tadbirkorga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilgandan soʻng, tadbirkor isteʼmolchiga sotgan nosoz mototsikl sifatli qilib taʼmirlab berildi.