Telegram-bot Virtual qabulxona

07.03.2025

Nosoz motoblok uchun to'langan 10 yarim million so'm iste'molchiga qaytarildi

So‘ngi yillarda import agrotexnika vositalarining ko‘payishi ortidan qishloq xo‘jaligida bir qancha qiyin jarayonlar osonlashgani haqiqat. Ammo ushbu texnika vositalari sababli kichik muammolar sezilarli darajada oshishi ham mumkin.

Kogon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.A. Buxoro tumanida joylashgan qishloq xo‘jalik texnikalari do‘konidan 10 500 000 so‘m evaziga motoblok xarid qilgan. Ammo foydalanish mobaynida unda nosozliklar aniqlangan. Savdo xodimi bilan murosaga kela olmagach, amaliy yordam so‘rab, Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.

Buxoro tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilishi jarayonida holatga oydinlik kiritildi. Servis xulosasiga asosan, motoblok nosoz deb topildi va to‘lov summasi iste’molchiga to'liq qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00