Telegram-bot Virtual qabulxona

11.12.2023

Iste`molchilаr huquqlаrini himoya qilish: dаvlаt vа jаmoаt birlаshmаlаrining hаmkorligi

Kuni kecha Qarshi shahridagi “Maʼnaviyat maskani”da "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining oʼzaro hamkorligi" mavzusida oʼquv seminari boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari masʼul xodimlari, Oʼzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi hamda qoʼmitaning hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda qoʼmitaning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va turizm boʼlimi boshligʼi Аbdurahmon Raupov ishtirok etib, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida jamoat birlashmalari bilan oʼzaro hamkorlikning muhim masalalari xususida maʼruza qildi.

  Xususan, maʼruzachi tomonidan qoʼmita va Federatsiya hududiy tuzilmalarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi oʼzaro hamkorligini keng yoʼlga qoʼyish, xodimlar salohiyati va tajribalarini yuksaltirish, Oʼzbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq jamoat birlashmalari tomonidan oʼtkazilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlarining natijadorligini taʼminlash va isteʼmolchilar muammolari va murojaatlari bilan ishlash hamda bu boradagi xalqaro tajriba, shuningdek, hamkorlikda muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladigan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida fikrlar bildirildi.

Maʼruza yuzasidan yigʼilish ishtirokchilari tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlarida yuzaga kelayotgan muammmolar va ularning yechimlari hamda bu borada amaldagi qonunchilikka isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish lozimligi, shuningdek sohada taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʼyicha takliflar berildi.

Tadbir soʼngida, isteʼmolchilardan oʼz huquqlari buzilishiga oid kelib tushayotgan murojaatlarni oʼrganish va isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish borasida vakolatli davlat organlari hamda jamoat birlashmalari oʼrtasidagi oʼzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00