Telegram-bot Virtual qabulxona

05.04.2024

Bankomat "bermagan" 2 million 300 ming so'm iste'molchiga qaytarildi

Uychi tuman ijro etuvchi apparatiga fuqaro R.U. dan yozma murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2024-yilning 3-fevral sanasida Uychi tuman markazida joylashgan Xalq bankiga qarashli bankomat orqali oʻziga tegishli boʻlgan plastik kartasidan 2 300 000 soʻm pul mablagʻi yechmoqchi bo'ladi, ammo plastik kartadan pul yechiladi, bankomatdan esa pul chiqarib berilmaydi. Ushbu holat yuzasidan fuqaro R.U. bank xodimlariga murojaat qilgan bo'lsa-da, muammo masʼullar tomonidan bir oy oʻtsa hamki, bartaraf qilinmaydi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Uychi tuman ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, iste'molchining plastik kartasidagi 2 300 000  soʻm pul mablagʻi qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00