26.05.2023
Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 1-kichik tuman 8-uy 39-xonadonda yashovchi fuqaro Z.Z. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Zarafshon shahar markaziy dehqon bozorida joylashgan “Prograf” savdo do‘konidan 1 560 000 (bir million besh yuz ming) so‘mlik "Honor-X-5" markali qo‘l telefoni sotib olgan. Ammo oradan 3 kun o‘tib, telefonda turli nosozliklar aniqlangan.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, “Prograf” savdo do‘koni ma’muriyati hamda ishchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Natijada, savdo do‘koni tomonidan fuqaroning telefoni yangisiga almashtirib berildi.