Telegram-bot Virtual qabulxona

21.02.2024

Iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Rishton tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan M.Topvoldiyev mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning birida yashovchi X.H.ning ichimlik suvi ta'minoti korxonasi tomonidan hisoblangan 2 million so‘mga yaqin qarzdorlikdan norozi bo‘lib federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaat asosida iste'molchining suv ta'minoti korxonasidagi bazaga kiritilgan ma'lumotlari o‘rganilganda, fuqaroga qarashli 2 ta xonadon mavjudligi, ushbu ikki xonadon uchun amalga oshirilgan to‘lovlari qayta hisob-kitob qilinganida joriy holatda har ikki suv hisoblagich bo‘yicha ham qarzdorlik mavjud emasligi qayd qilindi. 

Ichimlik suv ta'minoti korxonasi tomonidan o‘rganishga taqdim qilingan rasmiy javob xatiga ko‘ra, xonadondagi suv hisoblagich qiyoslov muddati o‘tganligi sababli iste'molchidan 1 500 000 so‘m pul mablag‘i olingan. O‘rganish ishlari davomida esa korxona mazkur mablag‘ni xonadon egasiga tegishli bo‘lgan 2 ta abonent raqamlarining har biriga 750 000 so‘mdan oldindan to‘lov sifatida o‘tkazgan.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00