Telegram-bot Virtual qabulxona

14.09.2023

7 yarim million so'mlik nosoz telefon boshqa markalisiga almashtirildi

Sariosiyo tumani "Sharq yulduzi" mahallasida yashovchi fuqaro R.N. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro 2023-yil aprel oyida tuman markazida joylashgan “texnomart” savdo markazidan 7 500 000 so'mga "Samsung-53" telefonini 12 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilgan. Ammo iyul oyida telefon o‘z-o‘zidan ishlamay qolgan. So‘ng, fuqaro uni savdo markazi mutaxassislariga ta’mirlatish uchun bergan, oradan 1 oydan oshiq vaqt o‘tsa hamki, telefon ta'mirlab berilmagan.

Ushbu holat bo‘yicha fuqaroning murojaati jamiyat raisi va mutaxassislari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi. Natijada, telefonni ta’mirlashning iloji yo‘qligi sababli, fuqaro va savdo markazi rahbariyati bilan kelishilgan holda, nuqsonli telefon yangi "Vivo V 25e" markali uyali aloqa vositasiga almashtirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00