Telegram-bot Virtual qabulxona

23.02.2024

Fuqaroni uzoq muddat qiynab kelgan muammoga barham berildi

Rishton tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro R.B.ning xarid qilingan konditsionerdagi nuqsonlar sotuvchi tomonidan bartaraf etib berilmayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tuman Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.

Iste'molchi 2023-yilning avgust oyida “Vodiy Bright Star” savdo do‘konidan tovar qiymatini bo‘lib to‘lash sharti bilan 6 637 800 so‘mga “Immer” rusumli konditsonerni xarid qilib olganligini va maishiy texnika buyumi tegishli mutaxassislar tomonidan xonadoniga o‘rnatilganligini, biroq qish mavsumi kirib kelganida undan xonani isitish uchun foydalaniganida kerakli natijaga erisha olmagani, sotuvchiga bu borada qilgan murojaatlaridan esa natija bo‘lmaganini ma'lum qilgan. 

Murojaat Xalq qabulxonasi orqali tuman jamiyatiga kelib tushgach, kredit savdo do‘koni mas'ullari bilan uchrashilib, fuqaro murojaati va uning qonunchilik bo‘yicha huquqlari yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi. Shuningdek, maishiy texnikalarga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi ustaxona bilan bog‘lanib, holat tushuntirildi. Shundan so‘ng, xonadonga tashrif buyurgan servis markazi ustalari tomonidan konditsionerdagi nuqson bartaraf etib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00