Telegram-bot Virtual qabulxona

10.02.2025

Isteʼmolchi muammosi ijobiy hal etildi 

Pop tuman "Ultarma" MFY da yashovchi fuqaro A.Karimjonovdan O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushdi.

Unda keltirilishicha, fuqaro tuman markazida joylashgan "Yuksalish" kredit savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida qiymati 7 747 875 so'm bo'lgan "Samsung Galaxy S22" rusumli telefon xarid qilgan. Ammo oradan 1 kun vaqt oʻtib, ushbu telefonda nosozliklar kuzatilgan. Iste'molchi ushbu masalada do'kon xodimlariga murojaat qilgan bo'lsa-da, muammo bartaraf etilmagan.

Holat boʻyicha jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi, natijada, shartnoma bekor qilinib, iste'molchi muammosi ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00