04.05.2023
Boysun tumani "Qo'shchinor" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro D.N. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro xonadoniga elektr energiyasi uchun 2 743 200 so'm asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Iste'molchining qarzdorlikni bekor qilish bo'yicha qilgan murojaati fuqarolik ishlari bo'yicha Boysun tumanlararo sudi orqali o'rganilib, murojaatchi foydasiga ijobiy hal qilindi. Endilikda fuqaro foydalanmagan elektr energiyasi uchun toʻlov qilmaydigan boʻldi.