Telegram-bot Virtual qabulxona

03.07.2023

14 million 400 ming soʼm pul mablag'i iste'molchi hisobiga undirildi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani "Choshtepa" mahallasida yashovchi F.O. tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro yangi qurilgan imoratiga eshik-romlar o'rnatish maqsadida tuman markazida joylashgan ustaxonaga jami 14 million 400 ming soʼmlik buyurtma bergan, biroq yasalgan eshiklarning oʼlchami qurilgan uyga toʼgʼri kelmagan.

Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan oʼrganilganda eshiklarning 5 sm notoʼgʼri oʼlchamda yasalgani maʼlum boʼldi. Ustaxona rahbariga amaldagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikda belgilab qoʼyilgan xizmat koʼrsatuvchining majburiyatlari tushuntirildi. Natijada, toʼlangan 14 million 400 ming soʼm pul mablag'i iste'molchiga undirib berildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00