Telegram-bot Virtual qabulxona

01.11.2023

Iste'molga yaroqsiz un mahsuloti sifatlisiga almashtirildi

Jondor tumanida yashovchi fuqaro T.F. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro tuman bozoridagi savdo do'konlarning biridan 540 000 so‘mga ikki qop un xarid qilgan. Ammo ro‘zg‘orida foydalanish jarayonida birinchi qopdagi un ichida iste’molga yaroqsiz turli moddalar mavjudligini ko‘rgan va bu bo‘yicha savdo xodimlariga arz qilgan bo'lsa-da, hech qanday natija bo'lmagan.

Jondor tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, ushbu turdagi ikkinchi qop ham yaroqsizligi aniqlangan. Tadbirkorga tushuntirishlar berilgach, iste’molga yaroqsiz ikki qop un sifatlisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00