Telegram-bot Virtual qabulxona

09.08.2023

Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishida viloyatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi va uning quyi tuzilmalari tomonidan aholi o‘rtasida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi amaldagi qonun hujjatlarining keng targ‘iboti hamda aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi hamda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari asosida “Yuksak iste’mol madaniyati sari”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda qonun ustuvorligi” va boshqa turli xildagi mavzularda jami 109 ta davra suhbatlari o‘tkazilgan.

2023 yil 2-chorak davomida hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlariga Prezident portali orqali 3 ta, Bosh prokuratura ishonch telefoni orqali 6 ta va  O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali jami 58 ta, hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlariga 169 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu ariza va barcha murojaatlarning ijobiy hal etilishi natijasida jami 1.392.772.268 so‘m moddiy zararlar iste’molchilar foydasiga hal etilgan.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00