Telegram-bot Virtual qabulxona

13.11.2023

Nosoz kuler uchun to'langan pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Kuler qurilmalarini maishiy texnika taraqqiyotining eng zaruriy ixtirolaridan biri deyish mumkin. Sababi, kuler toza ichimlik suvini inson omilisiz ham isitib, ham sovutib beradi. Ammo ushbu texnika vositalari har doim ham sifatli bo‘lib chiqavermaydi.

Kogon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Y.N. Buxoro markaziy dehqon bozorida joylashgan maishiy texnika vositalari savdo do‘konidan 1 350 000 so‘m evaziga kuler qurilmasini sotib olgan. Xarid amalga oshirilgan kunning o‘zidayoq nuqsonlari ko‘zga tashlangach, iste’molchi savdo xodimlariga shikoyat qilgan. Hech qanday natija bo'lmagach, amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.

Hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan murojaat qonuniy o‘rganilib, ijobiy hal etildi va iste’molchiga nuqsonli kuler uchun to‘lagan to‘lovi to‘liq qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00