Telegram-bot Virtual qabulxona

20.04.2023

Muzlatgichdagi nuqson bartaraf etildi

Qo‘qon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Uchko'prik tumani "Istiqbol" mahallasida yashovchi K.G‘. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Iste'molchining ma'lum qilishicha, u Qo‘qon shahridagi do'konlarning biridan “Ferre VS-390-T” rusumli muzlatgich xarid qilgan. Kafolat muddati davrida esa unda nuqson yuzaga kelgan. Fuqaro ushbu masalada ishlab chiqaruvchining hududdagi dilleriga murojaat qilgan. Ustalar muzlatgichni ko‘zdan kechirib, unda nuqson yo‘qligini, odatdagi ish rejimda ishlayotganini aytgan, nuqson esa bartaraf etilmasdan qolavergan.

Murojaat asosida Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqaruvchining hududdagi dilleriga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilgandan so'ng, xizmat ko‘rsatuvchi servis markazidan ustalar iste'molchi manziliga yuborilib, muzlatgichdagi nuqson bartaraf etildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00