17.05.2024
Chortoq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelgan yana bir necha murojaatlar ijobiy hal etildi.
Murojaatlarda aytilishicha, Chortoq tuman oilaviy poliklinikasida ishlovchi toʻrt nafar fuqaro "Uzum market"dan muddatli to'lov asosida har biri 2 million 700 ming soʻm bo'lgan 4 ta changyutgich sotib olgan. Ammo maishiy texnikalar nosoz bo'lib chiqqan. Bu borada mas'ullarga qilingan murojaatlar esa turli bahonalar bilan hal etib berilmagan.
Chortoq tuman jamiyati mutaxassislari fuqarolar murojaatini joyiga borib oʻrganib, asl holat bilan tanishdilar va savdo markazi masʼullariga tegishli qonunchilik asoslari boʻyicha huquqiy targʻibot ishlarini olib borishdi. Natijada, savdo markazi maʼmuriyati tomonidan fuqarolarning talabiga binoan, nosoz changyutgichlar xuddi shu qiymatdagi idishlar toʻplamiga almashtirildi va murojaatlar ijobiy hal etib berildi.