Telegram-bot Virtual qabulxona

28.07.2023

Iste'molchi sarsongarchiligiga chek qo'yildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning "Yuksalish" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi G‘.N. tomonidan ichimlik suvi uchun ta'minot korxonasi hisobraqamiga to‘langan mablag‘ning shaxsiy hisobraqamida aks ettirilmasdan qolayotgani to'g'risida murojaat kelib tushgan.

Iste'molchining ma'lum qilishicha, uning o‘z yashash xonadonida foydalanilgan ichimlik suvi uchun 2021-yil 30-aprel kuni "Farg‘ona suv ta'minoti" MChJ Marg‘ilon shahar filialiga kelib amalga oshirgan 200 000 so‘m to‘lovi shu paytga qadar korxonaning elektron bazasiga kiritilmasdan qolib ketgan. Masalani o‘z kuchi bilan hal qilish borasidagi sa'y-harakatlari samara bermagach, shahar jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

O'rganish davomida mas'ul xodimlarning e'tiborsizligi sabab, amalga oshirilgan to‘lov tasdiqlanmay qolib ketganligi ma'lum bo‘ldi. O‘rganish ishlari doirasida korxonadan iste'molchi amalga oshirgan to‘lov uning hisob raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida rasmiy javob xati olindi. Shuningdek, tomonlarga iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati targ‘iboti olib borildi. Murojaati natijasidan mamnun bo'lgan iste'molchi jamiyat xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00