
29.05.2024
Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning "Ziynat" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.G.ning Farg‘ona shahridagi do‘kondan sotib olgan mobil qurilmada nuqson aniqlanib, uni sotuvchidan almashtirib ololmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.
Iste'molchi yozma murojaatida bildirishicha, 2 100 000 so‘mga xarid qilingan "Redmi" rusumli telefon apparati 3 kun ishlatilgach, unda nuqson kuzatilib, yaxshi ishlamay qolgan. O‘zining qonuniy huquqlarini talab qilib, bu bo'yicha sotuvchiga bir necha marta murojaat qilgan, ammo hech qanday ijobiy natija bo'lmagan.
Masalaga Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislarining aralashuvi bilan muammo iste'molchi foydasiga hal etilishiga hamda unga mobil qurilma uchun to‘lagan puli qaytarilishiga erishildi.