Telegram-bot Virtual qabulxona

05.07.2024

Ichimlik suvi boʻyicha 1,5 million soʻm asossiz qarz bekor qilindi

Qarshi tumani "Yangi Bogʻobod" muhallasida yashovchi fuqaro I.Sh. tuman “Suv ta'minoti” MChJ xizmatlaridan norozi boʻlib murojaat etgan. Ya'ni, fuqaro murojaatida MChJ xodimlari tomonidan xonadoniga oʻrnatilgan suv hisoblagichga davlat plombasi qoʻyib berilmayotganligi va ichimlik suvi toʻlovlaridan dalolatnomaga muvofiq asossiz qarzdorlik hisoblanganligi bayon etilgan.

Fuqaroning murojaati tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iste'molchilarga suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalari” talablariga muvofiq oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida iste'molchining xonadonidagi ichimlik suvi hisoblagichiga davlat plombasi oʻrnatib berilishi va dalolatnoma asosida notoʻgʻri hisoblangan 1 million 500 ming soʻm qarzdorlik bekor qilinishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00