
12.04.2023
Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro B.N. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro hokim oʻrinbosari tavsiyasiga koʻra, kredit asosida “Gold-Ek” Namangan korxonasidan jami 4 800 000 soʻmga 60 ta tovuq (har biri 80 000 soʻmdan) sotib olgan. Ammo tovuqlar tez kunda kasal boʻlib oʻlgan. Shu sababli, fuqaro toʻlangan pullarini qaytarish yoki boshqa sogʻlom tovuqlar berilishini soʻrab, ta'minotchiga murojaat qilgan, lekin hech qanday natija boʻlmagan.
Jamiyat mutaxassislarining taʼminot korxonasi masʼul shaxslari bilan olib borgan tushuntirish ishlari natijasida, fuqaroga korxona tomonidan umumiy qiymati 4 800 000 soʻm bo'lgan 60 bosh sogʻlom parrandalar yetkazildi.