18.10.2023
Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.O. Markaziy bozorda joylashgan maishiy texnika vositalari savdo do‘konidan 7 000 000 so‘mlik gaz plitasi xarid qilgan va 5 000 000 so‘m oldindan to‘lov amalga oshirgan. Ammo qurilmani uyiga o‘rnatishgach, gaz plitaning nosoz ekani ma'lum bo'lgan. To‘lovni qaytarilishini so‘ragan iste’molchining da’vosi esa asossiz rad etilgan.
Fuqaro Buxoro tuman jamiyati ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgach, mutaxassislar tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. Servis xulosasiga asosan, qurilma sifatsiz ekanligi aniqlanib, bu bo‘yicha tadbirkorga ma’lum qilindi. Holatni to‘liq anglagan tadbirkor tomonidan gaz plita qaytarib olinib, iste’molchiga to‘lagan to‘lovi to‘liq qaytarib olib berildi.