
05.07.2024
Qiziriq tumani "Zarobod" mahallasida yashovchi fuqaro Q.S. tumanning Nilufar buyum bozori hududidagi maishiy-texnika savdo do‘konidan oilaviy ehtiyoji uchun 2 220 000 so‘mga gaz plitasi xarid qiladi. Uni uyga olib borib foydalana boshlaydi, oradan olti kun o‘tib qarasaki, plitada nosozliklar kelib chiqadi. Bu borada savdo do'koniga murojaat qilganida sotuvchi turli xil vajlar bilan nuqsonli tovarni qaytarib olishdan bosh tortadi.
Ushbu holat tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda xuddi shu markadagi gaz plita yo‘qligi sababli, murojaatchining to‘lagan pul mablag‘i qaytarib berildi.