06.12.2021
Muhtaram xonimlar va janoblar, vazirlar, hukumat vakillari!
Janob rais, men Xalqaro iste’molchilar tashkiloti bosh direktori sifatida Turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro forumning ochilish marosimi ishtirokchilarini chin dildan qutlash sharafiga muyassar bo‘lganimdan mamnunman.
Biz Xalqaro iste’molchilar tashkilotida O‘zbekiston is’emolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2020 yil boshida o‘tkazgan Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari iste’molchilari xalqaro forumini ham va 2021 yilning shu kunlarida o‘tkazilayotgan forumni ham qo‘llab-quvvatlaganimizdan xursandmiz. Federatsiya raisi va u boshliq jamoaning xizmati shundaki, u kishi bizni turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilinadigan muhim anjuman uchun bir joyga to‘pladi. Turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish muammolariga iste’molchilar manfaatlari himoyachilari o‘nlab yillar davomida e’tibor qaratib keldi, biroq pandemiya davrida, ya’ni 2020 yil yanvar oyidan boshlab boshqalar uchun ham ustuvor masalaga aylandi.
Xalqaro tashkilotimizga Hindistondan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Avstraliya va Yevropa Ittifoqigacha bo‘lgan dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 200 dan oshiq a’zo iste’molchilar tashkilotlari vakillari iste’molchilar turizm sohasida duch kelayotgan zararli narsalar va muammolarni o‘rganayotganidan voqifmiz.
Albatta, bunday muammolar sirasiga iste’molchilar tovar yoki xizmatlar uchun to‘lagan pulni qaytarib olish, zararni qoplash, ko‘proq muloqot qilish zarurati, boxabarlik va axborot olish, o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun transchegaraviy hamkorlik, shuningdek, barqaror turizmga jiddiy ahamiyat berish kiradi.
BMTning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga bag‘ishlab Glazgoda bo‘lib o‘tgan COP26 konferensiyasidan qaytib kelib, u yerdagi munozaralarga guvoh bo‘lib shu narsani aytmoqchimanki, yaqin kunlarda yuqorida zikr etilgan masalalarga asosiy e’tibor qaratishimiz kerak ekan.
Men forumda muhokama qilinadigan masalalarga quloq tutishni va ularda qatnashishni, shuningdek, janob rais, ruxsatingiz bilan forum tugagandan so‘ng biz Xalqaro iste’molchilar tashkilotida siz va bugungi forumning boshqa ishtirokchilari bilan birga qanday qilib iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularga zikr etilgan masalalar mohiyatini tushuntirishni rag‘batlantirish masalalarini muhokama qilishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Biz bilan forumda ishtirok etayotgan barcha kishilarga, janob rais, sizga va jamoangizga bizga zikr etilgan masalalarni muhokama qilishimizni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun yana bir karra minnatdorlik bildiraman hamda buyuk g‘oyalar va iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish yuzasidan forumda foydali muhokamalar bo‘lishiga ishonaman.
Tashakkur.