30.10.2023
Rishton tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “To‘raobod” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Q.P.ning unga tabiiy gaz to‘lovlaridan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi va holatga aniqlik kiritib berilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Arizaga ko‘ra, tuman gaz ta'minoti idorasi tomonidan fuqaro xonadoniga 900 ming so'm asossiz qarzdorlik hisoblangan.
Murojaatni o‘rganish maqsadida fuqaro xonadoniga borilganda, gaz hisoblagich uskunasining plombalari saqlangan, ishchi holatdaligi kuzatildi. Tuman gaz idorasiga fuqaroning iste'mol ko‘rsatkichlari hamda amalga oshirgan to‘lovlari masalasida so‘rov xati kiritilgach, gaz idorasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida olib borilgan qayta hisob-kitob ishlarida fuqaroda qarzdorlik emas, aksincha, 784 000 so‘m miqdorida haqdorlik mavjudligi ma'lum bo‘ldi.