
19.07.2023
Namangan viloyati Mingbuloq tumani "Jomashuy" shaharchasida istiqomat qiluvchi fuqaro E.O. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unga koʻra, fuqaro shu yilning 16-iyun kuni avtomashina sotib olish uchun "Chery" avtosaloni bilan shartnoma tuzgan va "Asakabank" Namangan shahar filiali orqali 92 million so'm to'lovni amalga oshirgan. Ammo 3-4 kundan soʻng, avtosalon xodimlari fuqaro nomida taʼqiq borligi uchun avtomashina sota olmasligini va to'langan pul mablag'ining 0.5 foizi avtosalon hisobiga ushlab qolinishini aytgan.
Mazkur holat Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganib chiqilib, avtosalon rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, murojaatchining avtomashina uchun bankka toʻlagan 92 million soʻm mablagʻi qaytarib berildi.