
15.08.2023
Navoiy shahar I.Karimov ko’chasi 138-uyda yashovchi O.K. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga yo’llagan murojaatida Navoiy shahrida joylashgan savdo do’konlarining biridan 3 631 000 so’mga muzlatgich sotib olganligi, ammo tadbirkor bilsa hazil, bilmasa chin qabilida ish yurutib iste’molchiga muqaddam ishlatigan muzlatgich yetkazib beradi.
Iste’molchining ushbu muzlatgich nosoz va ishlatilganligi sababli almashtirib berishi to’g’risidagi talablari turli xil bahonalar bilan amalga oshirilmasdan kelganligi sababli iste’molchi e’tiroz bildirib murojaat qilishga majbur bo’lgan.
Murojaat Navoiy shahar jamiyati xodimlari sa`y-harakati bilan iste’molchiga sotilgan muzlatgich yangi sifatlisiga almashtirib berildi.