Telegram-bot Virtual qabulxona

25.12.2024

Nuqsonli mahsulot uchun toʼlangan 1 yarim million soʼm isteʼmolchiga qaytarildi 

Denov tumani "Chambil" MFYda yashovchi fuqaro J.Sh. Denov shahridagi “Bek” bozori hududida joylashgan savdo doʻkonidan 1 400 000 soʻmga ovoz kuchaytirgich (kalonka) sotib oladi va uyiga olib borib foydalanganida unda nosozliklar kelib chiqadi. Do‘kon sotuvchisiga nuqson haqida aytib, mahsulot uchun to‘lagan pulini qaytarib berishini talab qiladi. Ammo sotuvchi bosh tortadi.

Holatni o‘rganib chiqqan tuman jamiyati mutaxassislari tomonlarga amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirishdi va mahsulot uchun to‘langan pullar iste’molchiga qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00