
14.02.2025
Xorazm viloyati Gurlan tumani "Besh O’yilma" mahallasida yashovchi fuqaro R.B. tumandagi savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida 6 800 000 million soʻmga "IMMER" rusumli kir yuvish mashinasini xarid qilgan. Iste'molchi mazkur kir yuvish mashinasidan bir necha oy foydalangach, uning motor qismida nosozliklar kuzatilgan. Bu haqda savdo doʻkoni mas'ullariga murojaat etganda fuqaroga servis xizmatlari pullik tartibda amalga oshirilishi ma'lum qilingan. Ushbu holatdan norozi boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan.
Murojaatni oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi va kir yuvish mashinasi bepul ta'mirlab berildi.