Telegram-bot Virtual qabulxona

01.06.2023

Nosoz tovar puli iste'molchiga qaytarildi

Uychi tuman Umid mahallasida yashovchi fuqaro X.X. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro Uychi tuman markazida joylashgan savdo do‘konidan 380 ming so'mga bolalar aravachasi xarid qilgan. Ammo oradan ko'p vaqt o'tmay, aravacha nosoz holga kelib qolgan.

Holat bo'yicha Uychi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, iste'molchi to'lagan pul mablag'i to'liq qaytarib berildi. 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00