Telegram-bot Virtual qabulxona

12.07.2023

Salkam 3 million so'mlik nosoz changyutgich yangisiga almashtirildi

Pop tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Iftixor" mahallasida yashovchi Q.S.dan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro tumandagi kredit savdo doʻkonlarining biridan 2 688 000 so'mga "Samsung" rusumli changyutgich sotib olgan. Ammo uni uyiga olib borgach, tovarda nuqson borligi aniqlangan. Do'kon sotuvchisi esa nosoz changyutgichni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Oʻrganish yakunida tuman mutaxassislari tomonidan doʻkon sotuvchilariga qonunning tegishli moddalari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, changyutgich yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00