
17.02.2023
Namangan viloyati Chortoq tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Chortoq tuman "Damariq" MFY da yashovchi fuqaro M.T. murojaati oʻrganildi.
Murojaatga ko'ra, Chortoq tumanida joylashgan "Ishonch" maishiy texnika doʻkonidan fuqaroning 1 yil avval xarid qilgan changyutgichi sifatsiz bo'lib chiqqan va 1 yildan beri do'kon tomonidan iste'molchi muammo hal etilmagan.
Jamiyat mutaxassislarining o'rganishlari natijasida, fuqaro M.T. ning changyutgichi yangi, sifatlisiga almashtirib berildi.