Telegram-bot Virtual qabulxona

07.06.2023

"Xalq banki" dan sud orqali salkam 3 million so‘m undirildi

Farg‘ona viloyat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga Quvasoy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Y. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro "Xalq banki" Farg‘ona filialidan o‘z nomiga kredit rasmiylashtirmagan bo‘lsa-da, mazkur bankda ochilgan plastik kartasidan kredit uchun to‘lov sifatida 2 739 574 so‘m yechib olingan.

Ushbu murojaatni o‘rganish davomida masalaga aniqlik kiritish uchun bank muassasasiga kiritilgan so‘rov bilan muammoni to‘laqonli hal qilishning imkoni bo‘lmagach, hududiy birlashma tomonidan murojaatchining manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra, "Xalq banki"dan fuqaro foydasiga 2 739 574 so‘m moddiy hamda 100 000 so‘m ma'naviy zarar undirish belgilandi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00