14.08.2024
Muborak tumanida yashovchi fuqaro Y.A. “ALIF MOLIYА” MChJning internet savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida 6 million soʻmga elektroskuter sotib oladi. Biroq bir necha oy foydalangach, unda nosozliklar kuzatiladi. Iste'molchining nosoz mahsulotni almashtirish haqidagi talablarini sotuvchi tashkilot e'tiborga olmaydi.
Fuqaroning shu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ishonch telefoni orqali qilgan murojaati tegishliligi bo'yicha Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining Muborak tumani jamiyati tomonidan oʻrganildi.
Murojaatni oʻrganish jarayonida, sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik, xususan, tovarni axborot tizimlari (internet saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar)dan foydalangan holda sotish qoidalari, shuningdek, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining bu boradagi kafillik majburiyatlari toʻgʻrisida tushuntirishlar olib borildi hamda nosoz skuter shu rusumdagi boshqa yangisiga almashtirib berilishi ta'minlandi.