Telegram-bot Virtual qabulxona

06.11.2023

Salkam 3,5 million so'mlik printer uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Karmana tumani "Talqoq" MFY da yashovchi fuqoro F.R. tomonidan Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Navoiy shahrida joylashgan savdo do’konidan "Ink Tank 319" rusumli printerni 3 336 000 so’mga muddatli to’lov asosida xarid qilgan. Lekin oradan o’n kun o'tar-o'tmas, unda nuqson borligi maʼlum bo'lgan. Iste'molchi savdo do'koni xodimlaridan nuqsonli tovarni almashtirib berishlarini talab qilgan, ammo hech qanday ijobiy natija bo'lmagan.    

Аmaldagi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunning 13-moddasiga ko`ra, agar isteʼmolchiga sotilgan tovarda nuqsonlar aniqlansa, u sotuvchi oldiga tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish talabini qo`yishi mumkinligi, qonunning 15-moddasida esa, sotuvchi tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni isteʼmolchi tegishli talab qo`ygan paytdan eʼtiboran, yigirma kun ichida bepul bartaraf etishi lozimligi belgilab qo`yilgan. Аgar sotuvchi isteʼmolchining nuqsonlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarmagan bo`lsa, isteʼmolchi tovarning xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirishni yoki shartnomani bekor qilib yetkazilgan ziyon va maʼnaviy zararni qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Murojaatni o`rganish davomida sotuvchiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi. Bundan to`g`ri xulosa chiqargan do`kon masʼullari va isteʼmolchi o`rtasidagi kelishuvga asosan, 2023-yilning 22-sentyabr kunidagi ikki tomonlama shartnoma bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00