Telegram-bot Virtual qabulxona

22.12.2021

Murojaatlar o'z yechimini topmoqda

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Buxoro shahrida yashovchi fuqaro G.A. tomonidan kelgan boʻlib, qayd etilishicha isteʼmolchi “Wallmart World Wide” MCHJ ga qarashli savdo doʻkonidan 9 mln. soʻm evaziga “ZIFFLER” konditsionerinixarid qilgan. Biroq, oradan koʻp vaqt oʻtmasdan konditsioner ishlamay qolgan.
Shundan soʻng isteʼmolchi sotuvchiga yuzaga kelgan holatni tushuntirgan va konditsionerni taʼmirlab berishini soʻragan boʻlsada, sotuvchi buni rad etganini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻz vaqtida oʻrganilishi natijasida konditsioner tadbirkor tomonidan sifatli taʼmirlab berilishiga erishildi
Shuningdek, Kogon tumanida yashovchi fuqaro K.F. oʻz murojaatida joriy yilning oktyabr oyida Gʻijduvon tuman Buyum bozorida joylashgan maishiy-texnika doʻkonidan “Samsung A32” rusumli televizor xarid qilgani, ammo xarid qilgan televizori bugungi kunda nosoz axvolga kelib qolganini bayon qilgan. 
Ushbu murojaat oʻrganilishi natijasida, televizor uchun toʻlangan 1 800 000 soʻm mablagʻ isteʼmolchiga puli toʻliq qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00