Telegram-bot Virtual qabulxona

20.06.2022

Sifatsiz mahsulot muammosi

   Samarqand viloyati Payariq tumani Chelak shahar “M.Ulugʻbek” MFY da yashovchi S.Asqarovning joriy yil  may oyida  Samarqand shahrida joylashgan “NAVRAS” MCHJ dan xarid qilgan jami 10 million soʻmlik buruschatka plitalari juda sifatsizligi sabab iste’molchi mahsulotni sifatlisiga almashtirish yoki pulini  qaytarishni soʻragan ammo MCHJ rahbariyati bundan bosh tortgan.

Ushbu holat boʻyicha qilingan murojaat Samarqand shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati  xodimlari qonun doirasida  oʻrganib chiqib, istemolchiga 10 million so’m puli toʻliqligicha undirib berdi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00