Telegram-bot Virtual qabulxona

07.04.2023

5 million 500 ming so'mlik nosoz texnika sifatlisiga almashtirildi

Jarqo'rg'on tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shu yilning 28-mart kuni tumandagi “Surxon sohili” mahallasida yashovchi fuqaro I. X. tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, murojaatchi 2023-yil 16-yanvar kuni Angor tumani tijorat bozoridagi maishiy texnika do'konlarining biridan 5 500 000 so'mga kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Ammo ushbu maishiy texnika bir muddat ishlab, keyin nosoz holga kelib qolgan. Iste'molchi do'kon mas'ullariga servis xizmati ko'rsatishlarini soʻrab, bir necha bor murojaat qilishiga qaramay, hech qanday natija boʻlmagan.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan holat yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi. Natijada, murojaatchining xarid qilgan, qiymati 5 500 000 so'mlik maishiy texnikasi yangisiga almashtirib berildi.

 

 

 

 

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00