Telegram-bot Virtual qabulxona

08.05.2023

Yaroqsiz suv isitgich puli iste'molchiga qaytarildi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch raqami orqali Zarafshon shahar 19-kichik tumanda yashovchi fuqaro Sh.G’. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Zarafshon shahrida joylashgan “ELMAKON” savdo do’konidan narxi 1 649 000 so‘m bo'lgan suv isitgich (ariston) sotib olgan. Ammo ushbu suv isitish qurilmasi ishlamayotgani va servis xizmati ko‘rsatilmayotganidan noroziligini bildirgan.

Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, murojaatda keltirilgan kamchiliklar o‘z isbotini topdi. “Elmakon” savdo do’koni ma’muryatiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida’’gi qonunining tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so’ng, savdo do’koni tomonidan iste’molchining talabiga binoan, to’langan 1 649 000 (bir million olti yuz qirq to‘qqiz ming) so‘m pul mablag’i to‘liq shaklda qaytarib berildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00