
22.07.2024
Yurtimiz boʼylab yuk yetkazib berish hamda qishloq xoʼjaligida keng koʼlamda elektromotorollerlar xizmatidan foydalanilmoqda. Kam xarajat, boz ustiga qulay foydalaniladigan texnika qurilmalarining turfa koʼrinish va markadagisini ichki bozordan topish mumkin.
Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Ch.А. ham tuman markazidagi mototexnika doʼkonidan elektromotoroller xarid qilgan. Quvvatlagichlarga ehtiyoji sababli bir emas, naqd toʼrtta qoʼshimcha quvvatlagichlarni salkam 6 000 000 soʼmga sotib olgan. Аmmo koʼp oʼtmasdan, toʼrttala quvvatlagich ham nosozligi aniqlangan. Tadbirkor bilan murosaga kela olmagach, amaliy yordam soʼrab, Olot tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirgan.
Jamiyat xodimlari saʼy-harakatlari natijasida, murojaat joyiga chiqib oʼrganilib, tadbirkorga zaruriy tushuntirishlar berilgach, nosoz quvvatlagichlar sifatlisiga almashtirib berildi.