Telegram-bot Virtual qabulxona

19.05.2023

Nosoz gaz hisoblagich sababli yuzaga kelgan noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Gurtepa" mahallasida yashovchi fuqaro J.T.dan murojaat kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro xonadoniga “Mingbuloqtumangaz” tomonidan gaz hisoblagich o’rnatib berilgan. Lekin uskuna nosozligi sababli, iste’molchiga 1 200 000 so’m asossiz qarzdorlik hisoblangan.

Holat bo’yicha jamiyat xodimlari tomonidan o’rganish ishlari olib borilib, gaz ta’minoti bo’limi mutaxassislari bilan birgalikda gaz hisoblagich tekshirildi va nosozligi aniqlandi. Natijada, 1 200 000 so’mlik asossiz qarzdorlik iste’molchi foydasiga ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00