
09.06.2023
Sariosiyo tumani "Shoqishloq" mahallasida yashovchi fuqaro T.O. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro o'z uyida issiqxona qurish maqsadida "Ahmedov Rustam Omad" MChJ bilan shartnoma tuzgan. Ammo ta'minotchi tomonidan issiqxona sifatsiz qurilgani sababli, oradan ko'p o'tmay, avariya holatiga kelib qolgan.
Holat bo'yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, ta'minotchiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, issiqxona uchun rasmiylashtirilgan 12 155 000 so'm kredit to'lovi murojaatchi hisobidan chiqarildi.